Nupedia | |
---|---|
Nupedia sahifasidan skrinshot | |
Joriy holati | 2003-yil sentyabr oyida faoliyatini toʻxtatgan. Uning oʻrniga Wikipediya rivojlantirilgan |
Slogani |
inglizcha: the open content encyclopedia inglizcha: the free encyclopedia |
Tijoratmi | Yoʻq |
Sayt turi | Onlayn ensiklopediya |
Roʻyxatdan oʻtish | majburiy emas |
Qaysi tillarda |
Ingliz tili Nemis tili Ispan tili Fransuz tili Italyan tili |
Muassisi | Bomis (rasmiy shaklda) |
Muallifi |
Jimmy Wales Larry Sanger |
Ochilgan sanasi | 9-mart 2000 |
URL | nupedia.com |
Nupedia — ingliz tilida yaratilgan onlayn ensiklopediya. Nupedia maqolalari mavzu boʻyicha tegishli tajribaga ega boʻlgan koʻngilli tadqiqotchilar tomonidan yozib toʻldirilgan. Nupediada maqolalar nashr etilishidan oldin ekspert muharrirlar tomonidan koʻrib chiqiladi va bepul kontent sifatida litsenziyalanadi. Nupediaga Jimmy Wales va Larry Sanger asos solishgan. Nupedia 1999-yil oktyabr oyidan[1][2] 2003-yil sentyabr oyigacha ishlagan. Bugungi kunda Nupedia Vikipediyaning salafi sifatida tanilgan. Ammo Nupedia wiki asosidagi yangilanishlardan farqli, maqolalarni joylashtirishdan oldin joylashtirilayotgan maqolalarni nazorat qilish uchun yetti bosqichli tasdiqlash jarayoniga ega edi. Nupedia qoʻmita tomonidan ishlab chiqilgan boʻlib, ekspertlar qoidalarni oldindan belgilab qoʻyishgan edi. Shuning uchun dastlabki yili Nupediaga atigi 21 ta maqola joylangan edi. Vikipediyada esa dastlabki oyda 200 ta maqola, birinchi yili esa 18 000 ta maqola joylashtirilgan[3].
Vikipediyadan farqli oʻlaroq, Nupedia wiki emas edi. Buning oʻrniga Nupedia oʻz maqolalarini professional ensiklopediyalar bilan taqqoslanadigan darajada sifatli qilish uchun moʻljallangan keng qamrovli ekspertiza jarayoni bilan ajralib turardi. Nupedia olimlarni koʻngillilar tarkibiga jalb qilishni xohlagan[4]. Nupedia oʻz faoliyatini toʻxtatishidan oldin 24 ta maqola chop etish uchun tasdiqlangan edi. Shuningdek, yana 150 ta maqola koʻrib chiqish, tekshirish jarayonida boʻlgan[5][6][7][8]. Nupedia faoliyatini toʻxtatgandan soʻng, Wales yangi Vikipediyada maqolalarni joylashtirish oson boʻlishini xohladi. Sanger esa Nupedia[3] tomonidan qoʻllaniladigan tamoyillarni afzal koʻrdi va keyinchalik 2006-yilda Vikipediyaga ekspert tomonidan koʻrib chiqilgan alternativa sifatida „Citizendium“ga asos soldi[9].
2008-yil iyun oyida CNET Nupediani Internet tarixida eng kam foydalanilgan web saytlar roʻyxatiga kiritdi va Nupediaga maqola joylashtirishdagi juda qattiq nazorat va tekshiruvlarni taʼkidladi[10].